» » Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Metallurg”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Metallurg”ni mag‘lub etdi


18-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turi doirasida Vadim Abramov boshqaruvidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Olmaliqning “Metallurg” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida hisob ochildi. Unga “qaldirg‘ochlar” yarim himoyachisi Xurshid G‘iyosov  mualliflik qildi.

Shu tariqa “Bunyodkor” “JAR” stadionida kechgan bahsda “Metallurg”ni kichik hisobda taslim qildi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng toshkentliklar ochkolari sonini 30 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Metallurg” esa 20 ochko bilan 8-pog‘onani band qilib turibdi.

Superliga

18-avgust, yakshanba

17-tur bahsi

Gol: 1:0 — 74 Xurshid G‘iyosov

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Javohir Qahramonov, 65), Sanjar Qodirqulov (Boburbek Farhodov, 82), Nurillo To‘xtasinov, Shohrux Gadoyev, Abdulla Abdullayev, Sanjar Tursunov (Sanjar Rixsiboyev, 73)

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov, Suhrob Nurilloyev, Bahrom Abdurahimov, Muzaffarjon Muzaffarov, Xudoyshukur Sattorov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 79), Kamoliddin Tojiyev (Server Jeparov, 54), Stanislav Andreyev, Akbarjon Ismatullayev, Bahodir Pardayev, Andrey Shipilov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют