» » 23-avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi chaqiriladi

23-avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi chaqiriladi


Kengash Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23-avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Majlis kun tartibiga Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Shuningdek:

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi;

“Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi;

“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi;

“Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют