» » AQSh taqiqlangan ballistik raketa ustida ish olib borayotganini tan oldi

AQSh taqiqlangan ballistik raketa ustida ish olib borayotganini tan oldi


AQSh qisqa va o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomada taqiqlangan gipertovushli raketani yaratmoqda. Bu haqda AQSh quruqlik qo‘shinlari vaziri vazifasini bajaruvchi Rayan Makkarti ma’lum qildi, deb xabar beradi “Yandeks.Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh shartnomadan chiqqan bo‘lib, Pentagon yuzaga kelgan vaziyatdan qanday qilib manfaatli foydalanish yo‘llarini qidirmoqda.

“Biz raketa dasturi bo‘yicha ketyapmiz. Agarda ballistik kallakchani gipertovushli raketaga o‘rnatadigan bo‘lsak, bu shartnoma talablariga zid bo‘ladi. Biz bu imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqdamiz”, — deydi Makkarti.

18-avgust kuni amerikalik harbiylar yerdagi nishonlarni yakson qilishga mo‘ljallangan “Tomagavk” raketasini sinovdan o‘tkazgandi. Ushbu raketalar qisqa va o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomada taqiqlangan. Pentagon ushbu raketa yadroviy emas, balki oddiy kallakchalarni tashishga mo‘ljallanganini ma’lum qilgan.

Keyinroq, Moskva ushbu sinovga nisbatan munosabat bildirib, yadroviy bo‘lmagan qanotli raketaning shartnoma muddati tugaganidan ikki hafta o‘tib uchirilishi, Vashington shartnomadan chiqishni oldindan rejalashtirganini ta’kidlagan..

Mavzuga doir: AQSh 32 yil mobaynida ilk bor o‘rta masofadagi raketa sinovini o‘tkazdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют