» » AQSh Rossiya bilan “raketalar shartnomasi”dan chiqishdan oldin 1,1 mlrd dollarlik raketalar sotib oldi

AQSh Rossiya bilan “raketalar shartnomasi”dan chiqishdan oldin 1,1 mlrd dollarlik raketalar sotib oldi


Rossiya Federatsiyasi bilan “raketa kelishuvi”ni bekor qilishni e’lon qilgunga qadar, AQSh yangi qisqa va o‘rta masofaga uchadigan raketalar uchun taxminan 1,1 milliard dollar sarflagan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.

2018-yil oktabr oyining oxiridan joriy yil yanvar oyi oxirigacha Pentagon yangi oltita yirik mudofaa-sanoat kompaniyalari bilan 80 dan ortiq shartnoma tuzib, yangi raketalar sotib olishga buyurtma bergan. Bu AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘qotish to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqishi bilan qo‘rqitishi davriga to‘g‘ri keladi.

Tahlilchilar fikricha, bu davr ichida buyurtma qilingan barcha raketalar “raketa shartnomasi”da taqiqlangan toifalarga kirish-kirmasligini aniq emas.

Rytheon kompaniyasi 44 ta shartnoma uchun 537 mln. AQSh dollari, Lockheed Martin kompaniyasi 36 ta shartnoma uchun 268 mln. va 4 ta shartnoma uchun Boeing kompaniyasi esa 254 mln. AQSh dollari oladi.

AQSh va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv 2-avgust kuni tugaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют