» » Litvada oilasining 4 nafar a’zosini o‘ldirgan va birini yaralagan qo‘riqchi qidirilmoqda

Litvada oilasining 4 nafar a’zosini o‘ldirgan va birini yaralagan qo‘riqchi qidirilmoqda


Litvaning Kaunas tumani, Gayjenay qishlog‘ida 27-mart, dushanba kuni kechki payt o‘qotar qurol yordamida o‘ldirilgan 4 kishining jasadi topildi. Oilaning yana bir keksa a’zosiga jarohat yetkazilgandi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

Politsiyaning ko‘p sonli kuchlari qurbonlardan birining jinoyatda gumon qilingan 27 yoshli o‘g‘lini tun bo‘yi qidirdi. 

Aynan u onasi, buvisi, xolasi va tog‘asini o‘ldirgani taxmin qilinmoqda. Uning oyog‘idan jarohatlangan katta buvasi omon qoldi. 

Ekspertlarga ko‘ra, qotilliklar dushanba kuni emas, oldinroq sodir etilgan. Politsiya gumonlanuvchi qo‘riqchi bo‘lib ishlaganini bildirdi.

Fojia yuz bergan uyni tekshirish chog‘ida xonadondagi seyflardan biridan qonuniy saqlangan qurol yo‘qolgani, boshqa bir seyf esa ochilmagani va undagi qurolga tegilmagani aniqlandi. 

Опубликовано: admin (28-03-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют