» » Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligini aytdi

Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligini aytdi


“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu AS nashriga bergan intervyusida faoliyatini qachon yakunlashi borasidagi savolga javob qaytardi.

“Faoliyatimni qachon yakunlayman? Bilmadim. Balki, keyingi yiliyoq yakunlarman. Biroq 40 yoki 41 yoshgacha o‘ynashim ham mumkin. Buni aniq bilmayman. Bugungi kundan zavq olish kerakligini har doim aytib kelganman. Men bu ishni qilishda davom etmoqchiman”, — deydi portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ronaldu o‘tgan mavsum “Yuventus” safida 43 o‘yin o‘tkazib, 28 gol va 10 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют