» » Tramp Apple’ni Xitoydan ketishga chaqirdi

Tramp Apple’ni Xitoydan ketishga chaqirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Apple korporatsiyasini Xitoydagi korxonasini boshqa joyga ko‘chirishga chaqirdi. Bu haqda u Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha brifingda aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Men Apple kabi Amerika kompaniyalariga juda qisqa vaqt mobaynida ular qilishi kerak bo‘lgan narsani qilmagunicha, ya’ni Xitoydan ketmagunicha yordam berishim mumkin”, — dedi Amerika yetakchisi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uning yordamisiz yirik korporatsiyalarda katta muammolar bo‘lgan bo‘lardi.

Trampning hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi bir yarim oy ichida Xitoy 2 millionta ishchi o‘rnini yo‘qotgan, chunki ba’zi kompaniyalar o‘z korxonalarini Amerika bojlari amal qilmaydigan joylarga ko‘chirmoqda. “Ular yanada ko‘proq yo‘qotmoqda”, — dedi prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют