» » Tramp Putin bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha muhim xulosalarni ma’lum qildi

Tramp Putin bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha muhim xulosalarni ma’lum qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xelsinki sammitida juda kuchli edi. Bu haqda Amerika yetakchisi Donald Tramp Fox News telekanaliga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Vaqtni ajoyib o‘tkazdik deb hisoblayman”, — dedi u uchrashuv yakunlarini izohlay turib.

Oq uy rahbari u va Putin muhim xulosalarga kelganligini qo‘shimcha qildi.

“Juda ko‘p narsalarni, jumladan, yadro tarqalish, urush va tinchlik, iqtisodiyot, Suriya, Ukrainani muhokama qildik. Juda ko‘p narsalarni muhokama qildik”, — dedi Tramp va xulosalar Isroilga ham daxldor bo‘lganligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Amerika yetakchisi Putin bilan uchrashuvni “yaxshi boshlanish” deb atagan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, Vashington Moskva bilan “do‘stlik, hamkorlik va tinchlik”ni istaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют