» » AQShda Hawaiian Airlines samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

AQShda Hawaiian Airlines samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi


Oklenddan (Kaliforniya) Gonoluluga (Gavayi)ga parvoz qilgan Amerikaning Hawaiian Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot bortida tutun paydo bo‘lgani sabab favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar beradi “TASS”.

CNN telekanalining ma’lum qilishicha, qo‘nish oqibatida yetti kishiga jarohat yetgan va ular shifoxonaga yetkazilgan.

Jarohat olganlar orasida ikki nafar bolakay bo‘lib, ularning nafas olishida muammo yuzaga kelgan. Hozirda ularning hayotiga hech nima xavf tug‘dirmayotgani ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 184 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot belgilangan manzilga qo‘nishni amalga oshirishidan 20 daqiqa oldin tutun paydo bo‘lgan va shundan so‘ng, favqulodda qo‘nish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Odamlarni evakuatsiya qilish uchun shishirma trapdan foydalanilgan.

Aviakompaniya hozircha samolyotda nima sababdan yong‘in yuzaga kelganini aniqlaganicha yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют