» » AQShda elektron sigaret chekish oqibatida birinchi o‘lim holati qayd etildi

AQShda elektron sigaret chekish oqibatida birinchi o‘lim holati qayd etildi


AQShning Illinoys shtatida bemor veyp (elektron sigaret) chekish tufayli yuzaga kelgan og‘ir nafas olish yo‘llari kasalligidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda shtat sog‘liqni saqlash boshqarmasi (IDPH) ma’lumotlariga tayanib Spot xabar qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, Illinoys shtatida shifokorlar birinchi marta veyp chekish oqibatida chaqirilgan nafas olish yo‘llari kasalligidan yuzaga kelgan o‘lim holatini qayd etdi.

Bo‘limning hisobotida aytilishicha, faqat Illinoys shtatida 17 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan 22 kishi “veyping” (elektron sigaret chekish) tufayli nafas olish yo‘llari kasalligiga chalingan.

Biroq, shifokorlarning ta’kidlashicha, kasallikning sababi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan biron bir umumiy komponent topilmadi.

Departament direktori Ngozi Ezike elektron sigaret chekuvchilarning shifokorlarga murojaat qilishining asosiy sababi, ko‘krak og‘rig‘i yoki nafas olishning qiyinlashishi kabi simptomlari ekanligini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют