» » Beverli-Xillz sigaret sotishni taqiqlagan dunyodagi birinchi shaharga aylandi

Beverli-Xillz sigaret sotishni taqiqlagan dunyodagi birinchi shaharga aylandi


AQShning Beverli-Xillz shahri tamaki mahsulotlari savdosini deyarli to‘liq taqiqlagan dunyodagi birinchi shaharga aylandi, deb xabar beradi Forum Daily.

Shahar kengashi bir ovozdan, sigaret, sigara, elektron sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlarini 2021-yildan boshlab taqiqlashga kelishib oldi.

Taqiq yoqilg‘i quyish shoxobchalari, aprekalar, shuningdek, kundalik tovarlar va mahsulotlar sotiladigan do‘konlarga tegishli. Shunga qaramay, taqiq mehmonxonalar va Los-Anjeles yaqinidagi uchta sigara bariga tegishli emas.

Bu kabi istisnolar sigareta chekuvchilar uchun mo‘ljallangan xususiy klub va mehmonxonalarga taalluqli emas, chunki bu turdagi qaror mazkur muassasada ishlovchi xodimlarning ishsiz qolishiga olib kelishi mumkin.

Beverli-Xillz fuqarolariga uyda, avtomobil va bog‘larda sigaret chekish taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют