Nukusda sotuvchisi yo'q, antiqa suv sotish qurilmasi ishga tushdi

Nukusda sotuvchisi yo'q, antiqa suv sotish qurilmasi ishga tushdi  

Nukus shahrida sotuvchisi yo'q, tozalangan suv sotish qurilmasi ishga tushdi. Bu haqda Kruz xabar bermoqda.

Ushbu qurilmaning antiqaligi shundaki, tozalangan suvni do'konlardagi kabi sotuvchilar sotib o'tirishmaydi. Pulingiz va suv soladigan idishingiz bo'lsa bas. Qurilmada yozilishicha, 1 litr tozalangan suv 200 so'm ekan.

Faqat qurilma 200 so'mlik kupyuralarni qabul qilmaydi va qaytim ham qaytarmaydi. Qurilma faqat 500 so'm, 1000 so'm va 5000 so'mlik kupyuralarni qabul qiladi.

Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi

Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi  

Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi, deyiladi messenjerning rasmiy saytida.

Xabarda ta`kidlanishicha, agar messenjer mamlakat bo'lganida u dunyoda aholi soniga ko'ra oltinchi eng katta davlat bo'lardi.

"Biz odamlarga so'zsiz ishonadigan bir paytda 200 million odam ham bizga xuddi shunday ishonar ekan", - deyiladi relizda.

Telegram — matn va fayllar bilan almashish imkonini beruvchi, smartfonlar uchun bepul messenjer. Dastur xorijiy bozorlarga mo'ljallangan bo'lib, ingliz tilida ishlangan. Servis 2013 yilda ishga tushirilgan.

Facebook video orqali pul ishlash imkonini yaratmoqda

Facebook video orqali pul ishlash imkonini yaratmoqda  

Facebook kompaniyasi videoga pullik obunalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Foydalanuvchilar buning evaziga u yoki bu video muallifining eksklyuziv mahsulotiga kirish va uning obunachisi belgisini olishi mumkin, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Obuna oyiga 4,99 dollar turadi, deb xabar qildi Recode nashri manbalarga tayanmagan holda. Video muallifi bu summadan 3,5 dollarni oladi – qolgan foiz Apple va Google’ga o'z platformalarida tranzaksiyalar o'tkazilgani uchun beriladi.

Recode’ning ta`kidlashicha, ijtimoiy tarmoq video mualliflari YouTube’ga o'tib ketmasliklari uchun obunalarni tashkil qilmoqda. Nashr ma`lumotiga ko'ra, yangi funksiyani sinovdan o'tkazish aprel oyi o'rtalarida boshlanadi. Dastlab obunalar faqat video mualliflarining cheklangan doirasiga taqdim etiladi, deya ma`lum qilishgan Facebook’dan.
Shayxontohur va Yunusobodni birlashtiruvchi yangi ko‘prikdagi avtomobil yo‘li olti polosali bo‘ladi

Shayxontohur va Yunusobodni birlashtiruvchi yangi ko‘prikdagi avtomobil yo‘li olti polosali bo‘ladi  

Toshkentning Shayxontohur va Yunusobod tumanlarini birlashtiruvchi yangi ko‘prik tirbandlikni sezilarli darajada kamaytirishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Toshkent shahri arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i Asomiddin Tojiyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Narodnoye slovo” gazetasi...
O‘zbekistonda Chevrolet Aveo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda Chevrolet Aveo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanadi  

"O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari General Motors Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasida yangi T250 (Chevrolet Aveo) modelidagi avtomobillarni seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishdi...
Toshkentdagi “Rohat” aylanma yo‘lida ikki pog‘onali chorraha quriladi

Toshkentdagi “Rohat” aylanma yo‘lida ikki pog‘onali chorraha quriladi  

20-avgust kuni Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov Toshkent avtomobil halqa yo‘lining Ohangaron shossesi bilan kesishgan joyidagi "Rohat” aylanma yo‘lida yo‘llar ostin-ustun o‘tgan chorraha qurishni boshlash haqidagi hujjatni imzoladi...

Toshkentning “Rohat” avtosalonidagi narxlar e’lon qilindi

Toshkentning “Rohat” avtosalonidagi narxlar e’lon qilindi  

GM Uzbekistan avtomobillarining 2014-yil avgust holatiga narxlari e’lon qilindi. Avtotochki.uz "Rohat” avtosalonidan olingan "prays list” asosida ushbu narxlarni keltirib o‘tdi...

O‘zbekistonda benzin narxi oshmasligi haqida rasmiy bayonot berildi

O‘zbekistonda benzin narxi oshmasligi haqida rasmiy bayonot berildi  

"O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi so‘nggi kunlarda Toshkent shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida paydo bo‘lgan navbatlarni izohladi. Bu haqda kompaniyaning axborot xizmati xabar bermoqda...
Toshkentda yo‘lovchi olish uchun to‘xtagan taksiga yuk mashinasi kelib urildi va uni tiklab bo‘lmas ahvolga keltirdi

Toshkentda yo‘lovchi olish uchun to‘xtagan taksiga yuk mashinasi kelib urildi va uni tiklab bo‘lmas ahvolga keltirdi  

Yangiyo‘l — Toshkent trassasida Nexia rusumidagi avtomobilga  CAMC yuk mashinasi kelib urildi. Natijada yengil mashinaga jiddiy zarar yetib, qayta tiklab bo‘lmaydigan holatga keldi. Bu haqda Facebook foydalanuvchisining "Voditeli Tashkenta” ("Toshkent haydovchilari”) guruhiga joylagan suratlari guvohlik bermoqda...

vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют