» » Qamchiq dovonida Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi yuk mashinasi YTHga uchradi

Qamchiq dovonida Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi yuk mashinasi YTHga uchradi


Qamchiq dovonida Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi boshqaruvning izdan chiqishi oqibatida YTHga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 21-noyabr, payshanba kuni soat 11:10 da “Qamchiq” navbatchilik qismiga “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining navbatchi-dispetcheri tomonidan xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, “Toshkent—Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Turkiya fuqarosi A.X. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining 249-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchi tan jarohati olmagan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan nazorat postlari qutqaruvchilari hamda “Qamchiq” qutqaruv otryadidan qutqaruv guruhi yetib borgan.

Yuk mashinasini chuqurdan chiqarib olish uchun “Transyo‘lqurilish” kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, “Qamchiqavtoyo‘l” korxonasidan bitta yuklovchi texnika jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havoning yomonlashishi sababli haydovchilarni Qamchiq dovonidan o‘tayotganda hushyor bo‘lishga chaqirgan edi.

Avvalroq Qamchiq dovonida Isuzu yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketgan, boshqa bir Isuzu yuk mashinasi ag‘darilib ketgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2019, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют