» » Bolalarni optimist qilib tarbiyalash mumkinmi?

Bolalarni optimist qilib tarbiyalash mumkinmi?


Dunyoga ijobiy qarashni tarbiyalash mumkinmi? Yoki optimizm — tug‘ma xislatmi? Bugungi kunda bolaning dunyoga ijobiy qarashi shakllanishiga nasldan naslga o‘tishning yoki muhitning ta’siri to‘g‘risida biron-bir xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Lekin bir narsani aniq aytish mumkin: ota-onalarning dunyoga salbiy qarashi bolalarga ham o‘tadi. Bolada optimizmni qanday rivojlantirsa bo‘ladi?

Fikrlash va unga bog‘liq bo‘lgan o‘qishdagi o‘zlashtirish bolaga optimist bo‘lishga yordam beradi. Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda fikrlash darajasining oshishi bilan birga ularda o‘z bilimiga va o‘z-o‘ziga ishonch ham shakllanib borar ekan.

Ota-ona bolaning o‘sish jarayonida unga ijobiy kayfiyat berib turishi va qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega.

Bolani bevosita va samimiy qabul qilish, uni tushunishga harakat qilish va u bilan ro‘yirost gaplashish juda muhim. Faqat shundagina bolalar ota-ona himoyasini his qiladi. Ota-onalar bolani bezovta yoki xafa qilayotgan muammolarni fikrlashib olishga har doim tayyor bo‘lishlari, lekin ochiq gaplashishga majburlamasdan, buning me’yorini va yo‘lini topishi kerak.

Masalan: “Chiqish yo‘li har doim topiladi” yoki “Har bir muammoning o‘z yechimi bor”. Bu ham optimizmni tarbiyalashning bir qismi hisoblanadi. Bu so‘zlarni bola o‘ziga singdirib oladi va qiyin vaziyatlarda albatta eslaydi.

Manba: “Psychologies.com”

Опубликовано: admin (6-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют