» » Angliya terma jamoasining 2019-yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Angliya terma jamoasining 2019-yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi


“Liverpul” klubi yarim himoyachisi Jordan Henderson Angliya terma jamoasining 2019-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

29 yoshli futbolchi bu borada “Manchester Siti” hujumchisi Rahim Sterling va “Tottenhem” forvardi Harri Keynni ortda qoldirgan.

2019-yilda Henderson Angliya terma jamoasi safida yettita o‘yin o‘tkazgan. Chernogoriyaga qarshi kechgan bahs (5:1) Jordan uchun “uch sherlar” safidagi 50-o‘yin bo‘ldi. Futbolchi jamoasiga Yevro—2020 final bosqichiga chiqish va Yevropa Millatlar Ligasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga yordam berdi.

Klub miqyosida Henderson “Liverpul” bilan Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublari o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘olib chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют