» » Koson xalq ta’limi bo‘limi rahbari pora olgan direktor haqida gapirdi

Koson xalq ta’limi bo‘limi rahbari pora olgan direktor haqida gapirdi


Koson tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbari Soib Davidov 98-maktabda bo‘sh ish o‘rni bo‘lmaganligini, direktor fuqaroni kimning o‘rniga ishga olmoqchi bo‘lganligi savol ostida qolayotganini ta’kidladi. Bu haqda Koson tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

— Maktab direktori o‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qo‘ygan. Shu sabab ham u shunday xatoga yo‘l qo‘ygan. Aslida o‘sha maktabda bo‘sh ish o‘rni bo‘lmagan, u fuqaroni kimning o‘rniga ishga olmoqchi bo‘lgani ochiq qolyapti, — deydi Soib Davidov.

Ma’lum qilinishicha, Koson tumanidagi 98-maktab direktori viloyatda pora bilan qo‘lga olingan ikkinchi maktab rahbari hisoblanadi.

— 2019 yil Kasbi tumanidagi 35-maktab direktori pora bilan qo‘lga tushgandi, joriy yil esa bu holat kuzatildi, — dedi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari To‘ra Saidov. — Bu xalq ta’limi bo‘limi maktab direktorlarining faoliyatiga yetarli darajada e’tibor bermayotganidan darak beradi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat rahbari Zoir Mirzayev maktab direktorining pora bilan qo‘lga tushganiga Koson tuman xalq ta’limi bo‘limi izoh berishini, matbuot anjumani tashkil etib, OAVga ma’lumot berishi lozimligini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют