» » Surxondaryo xalq ta’limi boshqarmasi Angordagi maktab direktori 2 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushganiga izoh berdi

Surxondaryo xalq ta’limi boshqarmasi Angordagi maktab direktori 2 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushganiga izoh berdi


Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Daryo nashrida yoritilgan “Surxondaryoda 2 million so‘m pora olgan maktab direktori qo‘lga tushdi” nomli xabarga munosabat bildirdi.

Boshqarmaga ko‘ra, joriy yilning 11-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 26-umumta’lim maktabi direktori O.N. maktabning matematika fani o‘qituvchisidan pora olayotgan vaqtda Angor tumani prokuraturasi qoshidagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-modda 1-qismi (pora olish) bilan qayd etilgan jinoyatni sodir etganligi uchun jinoyat ishi ochilib, mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Viloyat xalq ta’limi boshqarmasida mazkur holat muhokamasi va shu kabi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan boshqarma rahbariyati va barcha xodimlari hamda tuman-shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilishda bu kabi illatlarni keskin bartaraf etish bilan bir qatorda, kelgusida sodir etilishining oldini olish yuzasidan chora-tadbir belgilash, soha hodimlari o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют