WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Surxondaryoda xodimni ishga qabul qilish uchun 2,5 mln so‘m pora olgan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i ushlandi
Surxondaryoda xodimni ishga qabul qilish uchun 2,5 mln so‘m pora olgan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i ushlandi
Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tezkor tadbir davomida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.X. fuqaro O.B.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga qabul qilish evaziga birlashma kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.S. orqali 2,5 million so‘mni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan N.X. va N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?
КТО НА САЙТЕ?
(
8)
(
0)
(
7)
(
1)





- отсутствуют
