» » Chiroqchi voqeasi boyicha qamoqqa olinganlardan biri IIB boshligi ekanligi aytilmoqda

Chiroqchi voqeasi boyicha qamoqqa olinganlardan biri IIB boshligi ekanligi aytilmoqda


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol ogirlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatidavafot etgan edi.Keyinroq IIBning boshqa xodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida guvohlarga bosim otkazganimalum bolgandi.Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.

Xabar.uzning oz manbasiga tayanib yozishicha, qamoqqa olingan IIB xodimlaridan biri Chiroqchi tumani IIO FMBning 4-son IIB boshligi hisoblanadi. Nashrning yozishicha, mazkur shaxs ushbu lavozimga 2019-yil iyun oyida tayinlangan.

Qayd etilishicha, hibsdagi ikkinchi shaxs tuman IIB Jinoyat qidiruv bolimi tezkor xodimi bolgan. Nashr manbasiga kora, marhum A.Yu. 4-son IIB boshligining xizmat xonasida vahshiylarcha kaltaklanishi oqibatida osha joyning ozida vafot etgan.

Nashr xabarida jinoyat ishi tergovi doirasida Chiroqchi tumani IIB qator xodimlarining javobgarlikka tortilishi ehtimoli kattaligi aytilmoqda.

Eslatib otamiz, mazkur holat boyicha Chiroqchi tumani Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish bolimi (FMB) xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 104-moddasi 3-qismi d bandi (Jabrlanuvchining olishiga sabab boladigan darajada qasddan badanga shikast yetkazish) va 235-moddasi 3-qismi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qollash) bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur voqealar ortidan Qashqadaryo viloyat IIB boshligining birinchi orinbosari Samad Turdiyev oz lavozimidan ketgan.

Ozbekiston Senati Chiroqchidagi mazkur qotillikning tergovi bosh prokuror tomonidan nazoratga olinganini malum qildi.

Mazkur ayanchli voqea yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB binosida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun otkazilgan maxsus brifingda Ozbekiston ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux Giyosov IIB binosida odam olimi holati yangilik emasligini takidlab otgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-01-2020, 22:12)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -