» » Bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi

Bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi


O‘zbekiston Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi.

Farmonda qayd etilishicha, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi.

Hujjat bilan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi hamda vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Farmon bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlarini tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.

Mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.

Shuningdek, Farmonda fuqarolar yig‘inlari raislariga qo‘shimcha huquq va vakolatlar berilgan. FHDYo organlarini Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligi tarkibiga o‘tkazish ham ushbu farmon bilan belgilab berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют