» » Italiyalik shifokor Shvetsiya va Belarusning koronavirus bo‘yicha strategiyasini oqilona bo‘lmagan qaror deb atadi

Italiyalik shifokor Shvetsiya va Belarusning koronavirus bo‘yicha strategiyasini oqilona bo‘lmagan qaror deb atadi


Shvetsiya va Belarusning COVID-19 pandemiyasi vaqtida qattiq karantin choralarini joriy qilmagani oqilona qaror bo‘lmagan va bu mamlakatlarga katta zarar yetkazdi. Bu haqda Italiyaning Padui universiteti molekulyar tibbiyot kafedrasi professori, virusolog Andrea Krisanti ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

“O‘ylashimcha, bu Shvetsiya uchun shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan qaror bo‘ldi. Bu qaror Shvetsiya uchun qimmatga tushadi. U yerda virus sababli ko‘p odam vafot etdi, uni yuqtirish darajasi esa pasaygani yo‘q. Bu qarorning oqibati sifatida qo‘shni davlatlar Shvetsiya bilan chegaralarni yopmoqda”, — deya ma’lum qilgan virusolog.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi qat’iy cheklovlar joriy etishdan voz kechgan Shvetsiya jiddiy iqtisodiy qiyinchilikka duch keldi

Andrea Krisantining alohida ta’kidlashicha, ayni paytda odam yoki butun bir populyatsiya virusga nisbatan uzoq muddatli barqaror immunitetga ega bo‘lishi mumkinligi haqida ilmiy isbot mavjud emas. “Bu oqilona qaror bo‘lgan, deb o‘ylamayman. O‘ylashimcha, hozir ular o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda”, — degan mutaxassis.

Shvetsiya bosh epidemiologi Anders Tegnell 3-iyun kuni karantindan voz kechilgani sababli mamlakatda juda ko‘p odam vafot etganini tan oldi. U mamlakat o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va keskinroq karantin choralarini ko‘rishi kerakligini ma’lum qilgan.

“Agar biz hozir ega bo‘lgan bilimimiz bilan mazkur kasallikka duch kelganimizda Shvetsiya tanlagan va qolgan butun dunyo tanlagan usullar o‘rtasidagi maqbulini tanlagan bo‘lardik”, — degandi Tegnell.

Mavzuga doir: Shvetsiyaning bosh epidemiologi mamlakatda karantindan voz kechish xato bo‘lganini birinchi marta tan oldi

Shvetsiya hukumati va JSSTning ilmiy maslahatchisi Yuxan Gizeke 5-iyun kuni ijtimoiy masofani saqlash va qo‘llarni yuvish koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun yetarli choralar ekanligini aytgan.

“Boshqa cheklovlarga kelsak, chegaralarni yopish — bu befoyda mashg‘ulot. Maktablarni yopish o‘z ortidan hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Odamlarga ko‘chaga chiqishni taqiqlash? Bu ahmoqlik, bunday taqiqlarning ilmiy asosi yo‘q”, — deya ta’kidlagan Gizeke.

Shuningdek, Gizeke ko‘plab boshqa shvetsiyalik hamkasblari kabi aholi kasallikka qarshi “jamoaviy immunitet” orttirishi kerakligi va buning uchun aholining 60 foizi kasallik bilan og‘rishi kerakligini aytgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada COVID-19 kasalligiga chalinganlar soni 45 924 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 4717 nafari kasallik oqibatida vafot etgan.

Pandemiyaga qarshi kurashda Shvetsiyaning strategiyasiga o‘xshash strategiya Belarus hukumati tomonidan ham qo‘llanildi. Mamlakat keskin karantin choralarini joriy etmadi. 6-iyun kuni Aleksandr Lukashenko bu qarorni ijobiy baholadi. Shu bilan birga, 25-may kuni Belarus prezidenti mamlakatda kasallikning ikkinchi to‘lqini yuz berishi mumkinligini aytgan.

Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda 49 453 nafar fuqaro koronavirusga chalingan, 276 kishi kasallik qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: JSST vakili Belarusda koronavirus tez tarqalayotganining asosiy sababini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют