» » Ozbekistonda 6 oy davomida 81,7 mlrd som budjet mablaglari noqonuniy sarflangani aniqlandi

Ozbekistonda 6 oy davomida 81,7 mlrd som budjet mablaglari noqonuniy sarflangani aniqlandi


Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020-yilning I yarim yilligida 2 584 ta moliyaviy nazorati tadbirlari otkazildi. Natijada 81,7 milliard som miqdoridagi budjet pullari noqonuniy sarflangani aniqlandi, deb xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Moliyaviy nazorat tadbirlarining asosiy qismi 2010 tasi yoki 79 foizi budjet mablaglarini maqsadli ishlatilishi yuzasidan otkazilgan bolib, nazorat tadbirlarida 81,7 milliard som miqdorida budjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi kabi holatlar aniqlandi.

Takidlanishicha, nazorat tadbirlari davomida korilgan chora-tadbirlar natijasida noqonuniy sarflangan mablaglarning 57,4 milliard somi (70%) budjetga qaytarilgan.

Hisobot davrida aniqlangan qonun buzilish holatlari va boshqaxato-kamchiliklarningtahlili vazirliklar boyicha quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq talimi vazirligi tizimida otkazilgan 297 ta nazorat tadbirlarining 235 tasida 21,5 milliard som miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (9 milliard som) nisbatan qonun buzilish holatlari 2,5 martaga oshgan.

Sogliqni saqlash vazirligi tizimida otkazilgan 285 ta nazorat tadbirlarining 205 tasida 14,1 mlrd som miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (6,1 milliard som) nisbatan qonun buzilish holatlari 2,3 martaga oshgan.

Maktabgacha talim vazirligi tizimida otkazilgan 151 ta nazorat tadbirlarining 119 tasida 6,9 mlrd som miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (4,3 milliard som) nisbatan qonun buzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.

Madaniyat vazirligi tizimida otkazilgan 170 ta nazorat tadbirlarining 162 tasida 2,6 mlrd som miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (1,4 milliard som) nisbatan qonun buzilish holatlari qariyb 2 martaga oshgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida otkazilgan 168 ta nazorat tadbirlarining 154 tasida 2 mlrd som miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (0,5 milliard som) nisbatan qonun buzilish holatlari 3,4 martaga oshgan.

Suv xojaligi vazirligi tizimida otkazilgan 33 ta nazorat tadbirlarining 29 tasida 1,4 milliard som miqdorida qonun buzilish holatlariga yol qoyilganligi aniqlandi.

Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi tizimida otkazilgan 18 ta nazorat tadbirlarining 15 tasida 0,9 milliard som miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (0,4 milliard som) nisbatan qonun buzilish holatlari 2 martaga oshgan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmatiinjiniringkompaniyalarida otkazilgan 85 ta nazorat tadbirlarining 78 tasida 4 mlrd som miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (2,8 milliard som) nisbatan qonun buzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.

Shuningdek, yirik miqdorda qonun buzilish holatlari Andijon (8,9 mlrd.som), Qashqadaryo (8,2 milliard som), Toshkent (6,2 milliard som), Jizzax (5,5 milliard som), Surxondaryo (5,4 milliard som), Namangan (4,6 milliard som), Fargona (4,4 milliard som) viloyatlari hamda Toshkent shahri (7,9 milliard som) va Qoraqalpogiston Respublikasi (5,5 milliard som)dagibyudjetdan mablag oluvchi tashkilotlarda aniqlangan.

Byudjet qonunchiligi buzilgan byudjetdan mablag oluvchi tashkilotlarning 47 nafar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari ornatilgan tartibda 35 million som miqdorida jarima tortilgan.

Shuningdek, 1 246 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 79,4 milliard somlik qonun buzilish holatlari qonuniy choralar korish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (17-07-2020, 18:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -