» » Volkswagen O‘zbekistonda 5 kunda nechta Caddy sotganini ma’lum qildi

Volkswagen O‘zbekistonda 5 kunda nechta Caddy sotganini ma’lum qildi


Volkswagen Uzbekistan 1-avgust holatiga ko‘ra, mamlakatda 50 dan ortiq Caddy avtomobillarini sotdi. Bu haqda kompaniyaga tayanib, Spot xabar berdi.

Avtomobillar Toshkentda 27-iyul kuni taqdim etilgandi. O‘zbekistonda Caddy uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada taklif etilgan:

Hozircha avtomobilni faqatgina Volkswagen’ning Toshkentdagi avtosaloni va sayti orqali xarid qilish mumkin, biroq kompaniya Toshkent, Jizzax va Qo‘qonda yana uchta dilerlik markazi ochilishini ma’lum qilgan.

Volkswagen Caddy avtomobili 1980-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan. O‘tgan vaqt ichida avtomobil bir necha bor modifikatsiya qilingan, 2020-yil 20-fevralida esa uning beshinchi avlodi taqdim etilgan edi.

Hozircha O‘zbekistonda 2015-yili ishlab chiqilgan to‘rtinchi avlod avtomobillari sotiladi. 2021-yildan boshlab Jizzaxda beshinchi avlod avtomobillarini ishlab chiqarish va sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida “O‘zavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grup Rus” kompaniyasi yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuv imzolagan edi. Unga ko‘ra, “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ kompaniyasi bazasida yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarish boshlangan. Iyun oyida esa ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirish uchun O‘zbekistonga Volkswagen Caddy partiyasi olib kelingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют