» » Toshkentdagi 110-maktab Alisher Usmonovning xayriya mablag‘lari hisobiga qayta ta’mirdan chiqdi (video)

Toshkentdagi 110-maktab Alisher Usmonovning xayriya mablag‘lari hisobiga qayta ta’mirdan chiqdi (video)


Toshkentdagi 110-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kapital va qayta ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Mazkur ishlar taniqli tadbirkor, o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ajratgan xayriya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan, deya xabar berdi “Podrobno.uz”.

Xabarga ko‘ra, maktabni ta’mirlashda zamonaviy texnologiyalar va qurilish materiallari ishlatilgan. Ta’lim muassasasiga kiraverishda soatiga 40 nafar odamni kiritish quvvatiga ega sensorli turniketlar o‘rnatilgan. Bu orqali koronavirus pandemiyasi davrida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlay olish mumkinligi qayd etilgan.

Shuningdek, o‘quvchilar va ustozlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maktabda bolalarni ilm-fanga qiziqtira oladigan xilma-xillik va o‘zgacha muhit yaratilgan.

2019-yil iyun oyida Alisher Usmonovning o‘zi bir vaqtlar tahsil olgan Toshkentdagi 110-maktabga homiylik qilayotgani xabar qilingan. Keyinchalik Toshkentning Mirobod tumanidagi 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli basseyn yopilayotgani haqida sportchi bolalar, ota-onalar va murabbiylar Alisher Usmonovga murojaat yo‘llagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 02:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют