» » Dilmurod Qodirov Norin tumani hokimi etib tayinlandi

Dilmurod Qodirov Norin tumani hokimi etib tayinlandi


Xalq deputatlari Norin tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qildi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tumanni 2012-yildan beri boshqarib kelayotgan A’zamjon Sultonov lavozimidan ozod etildi. U bilan birga tuman ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham ishdan bo‘shatilgani bildirilmoqda. 

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tuman hokimi lavozimiga shu paytgacha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Dilmurod Qodirovni tavsiya etdi. 

Deputatlar nomzodni ma’qulladi va tasdiqladi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 109) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют