» » Bektemirda 100 grammdan ortiq marixuana saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Bektemirda 100 grammdan ortiq marixuana saqlagan shaxs qo‘lga olindi


Bektemir tumanida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

2017-yilning 1-avgust kuni, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida o‘tkazilgan “Qora Dori-2017” tadbiri davomida, fuqaro Tohir Ro‘ziboyevdan (ism-shariflar o‘zgartirilgan) og‘irligi 103,74 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют