» » Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori bilan uchrashdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori bilan uchrashdi


Vengriyaning Budapesht shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSTT)  Yevropa mintaqaviy byurosining 67-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Budapesht safari davomida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro muloqotlar chog‘ida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oshirilayotgani, shuningdek, sohada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, istiqboldagi rejalar va dasturlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov ikki yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasini ham imzoladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют