WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » GM Uzbekistan Rossiyada yil boshidan buyon 9,34 mingta avtomobil sotdi
GM Uzbekistan Rossiyada yil boshidan buyon 9,34 mingta avtomobil sotdi
GM Uzbekistan AJ 2017-yilning yanvar-sentabrida Rossiyada 9,34 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi, deb yozadi UzDaily Yevropa biznesi assotsiatsiyasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning sentabrida Rossiyada 1,6 mingdan ziyod Ravon avtomobili sotilgan.
GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2017-yilning ilk to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, 0,8 foizni tashkil etdi.
2017-yil yanvar-sentabr natijalariga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan modellaridan hech biri hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi.
“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?