» » OCCRP: Vladimir Putinning “yaqin doirasi” 24 milliard dollarni nazorat qilmoqda

OCCRP: Vladimir Putinning “yaqin doirasi” 24 milliard dollarni nazorat qilmoqda


Vladimir Putinning “yaqin doirasi” 24 milliard dollarni nazorat qilmoqda. Bu haqda Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq etish markazi (OCCRP) ma’lumotlariga tayanib, “Exo Moskvi” xabar berdi.

“Rossiya prezidentining oila a’zolari, eski do‘stlari va oila a’zosiga aylangan do‘stlari umumiy miqdori mamlakatning yillik budjetini o‘ndan bir qismini tashkil etadigan aktivlarga ega”, — deyiladi markaz materiallarida.

“Yaqin doira”ga kiruvchi insonlarning ismi ma’lum, ular Yuriy Kovalchuk, Gennadiy Timchenko, shuningdek, aka-uka Rottenberglar.

Surishtiruvning alohida qismi Putinning “hamyonlari” vazifasini bajaruvchi insonlarga bag‘ishlangan: ular orasida violonchelchi Sergey Roldugin, shuningdek, ulkan qiymatga ega kompaniyalarning aktivlarini nazorat qiluvchi Mixail Shelomov va Pyotr Kolbin bor.

Putinning o‘zi bir necha bor deklaratsiyada ko‘rsatilmagan aktivlarga ega emasligini ta’kidlagan. Yaqinda Oliver Stounga bergan intervyusida Putin: “Tobutda hamyonlar yo‘q”, degan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют