» » Ozbekistondagi 3 ta tibbiy muassasada azoni kochirib otkazish boyicha operatsiya qilina boshlandi

Ozbekistondagi 3 ta tibbiy muassasada azoni kochirib otkazish boyicha operatsiya qilina boshlandi


Ozbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor transplantologiya (azolarni kochirib otkazish) ning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda, deb xabar beradi Sogliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar bolagini transplantatsiya qilish tartibi togrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqidagi qarori shunday amaliy qadamlardan biri boldi.

Ushbu hujjat surunkali buyrak va jigar kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarni yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan taminlash, yaqin qarindoshlik transplantatsiyasini tashkil qilish maqsadida qabul qilindi. Nizom buyrak va (yoki) jigar bolagini transplantatsiya qilish tartibini, transplantatsiyani bajarishga korsatma va qarshi korsatmalarni, donor va retsipiyentning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.

Dunyoning sanoqli davlatlaridagina amalga oshiriluvchi bunday yuqori texnologik operatsiyalar endi Ozbekistondagi uchta yirik muassasaAkademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida qilina boshlanadi.

Transplantatsiya otkazishning zarurati togrisidagi uzil-kesil qaror Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Operatsiyani otkazish uchun donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar bolagini olishga undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligini olish kerak. Bunda u har tomonlama tibbiy korikdan otkazilishi darkor.

Transplantatsiya bajarilgandan song donor va retsipiyent kamida uch yil davomida profilaktik dispanser korigi bilan taminlanadi. Bundan tashqari, ambulatoriya nazoratida bolgan bemorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan taminlanadi.

Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik nizomi Inson organlari, toqimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish haqidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirguncha amal qiladi.

: admin (16-11-2017, 14:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -