» » Xorazmda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berildi

Xorazmda tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berildi


Xorazm viloyati Gurlan tumani “Olg‘a” jamoa xo‘jaligida istiqomat qiluvchi Mansur Matjonov va Oysha Matjonovalar oilasida uch egiz o‘gil dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo”ga Matjonovlar oilasining yaqinlari xabar qildi.

Egizaklar 2017-yilning 22-noyabr sanasida dunyoga kelgan.

Chaqaloqlarning ota-onasi 29 yoshli Mansur Matjonov va 23 yoshli Oysha Matjonova egizaklarga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism berdi.

Matjonovlar oilasining egizaklardan tashqari yana bir nafar o‘g‘li bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning bahorida avvaliga Buxoro, keyinroq Qoraqalpog‘istonda tug‘ilgan uch egizakka ham Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yilgandi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 21) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют