» » Gonkong ketma-ket 24-yil dunyoning eng erkin iqtisodiyotiga ega bo‘lgan hudud deb topildi

Gonkong ketma-ket 24-yil dunyoning eng erkin iqtisodiyotiga ega bo‘lgan hudud deb topildi


Gonkong ketma-ket 24-yil dunyoning eng erkin iqtisodiyotiga ega bo‘lgan hudud deb topildi. Bu haqda Amerikaning The Heritage Foundation fondi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.

Hisobot mualliflari Gonkong “Iqtisodiy erkinlik indeksi”ni mavjud 100 balldan 90,2 ballga baholadi. Britaniyaning sobiq anklavi ketma-ket 24 yildan buyon reytingga yetakchilik qilmoqda.

Reyting ikkinchi o‘rnidan Singapur (88,8 ball) joy oldi. Ko‘rsatkichi 80 balldan yuqori bo‘lgan yetakchilar oltiligiga Yangi Zelandiya, Shveysariya, Avstraliya va Irlandiya ham kirdi. Ulardan keyingi o‘rinlarni Estoniya, Buyuk Britaniya, Kanada va BAA egalladi. AQSh 75,7 ball ko‘rsatkich bilan reyting 18-o‘rnidan joy oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют