» » Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi

Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda 17-fevral kuni Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning Buxoroga tashrifi 16-fevral kuni boshlangan edi. Tashrif joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida tashkil etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. So‘ng Buxoro tumanidagi “Buxorobaliqsanoat” kompaniyasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi, viloyatda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Safar davomida Prezident Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi, Buxoroning eski shahar qismida turizmni yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrifning birinchi kuni yakunida Peshku tumanida Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

17-fevral davomida Prezident Buxoro shahridagi yangi foydalanishga topshirilgan Yoshlar markazida bo‘ldi, shahardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, Kogon tumanidagi harbiy qism sharoitlarini ko‘zdan kechirdi, Kogon tumanidagi chiqindini qayta ishlash korxonasini borib ko‘rdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют