» » Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya tayinlash bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlandi

Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya tayinlash bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlandi


Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Yo‘riqnomaga asosan ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila a’zolariga pensiyaning quyidagi turlari tayinlanadi:

- xizmat muddatini o‘taganligi bo‘yicha pensiyasi (uni olish huquqi mavjud bo‘lganda);

- nogironlik pensiyasi;

- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila a’zolariga bir marta to‘lanadigan:

- xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan bo‘shatilayotgan xodimlarga to‘lanadigan nafaqa;

- ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila a’zolariga tayinlanadigan nafaqa ham tayinlanadi.

Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan bo‘shatilgan xodimga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ichki ishlar organlarining kadrlar (bosh) boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 20) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют