» » Xitoyning Sindao shahrida O‘zbekiston vakolatxonasi ochildi

Xitoyning Sindao shahrida O‘zbekiston vakolatxonasi ochildi


Xitoyning Sindao shahrida (Shandun provinsiyasi) O‘zbekiston vakolatxonasi ochildi. Marosimda O‘zbekistonning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Saidov ishtirok etdi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Xitoyning 19 ta provinsiyasini qamrab oluvchi vakolatxonaning asosiy vazifasi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishdan iborat.

Idorada faoliyat ko‘rsatuvchi viza markazi yordamida O‘zbekistonga borishga qiziqish bildirgan Xitoy fuqarolari uchun vizani rasmiylashtirish soddalashadi.

Ta’lim sohasi vakolatxona faoliyati yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SICAS (Study in China Admission System) hukumat dasturi Xitoyda ta’lim olishga qiziqish bildirgan O‘zbekiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ochadi.

Sindaodagi vakolatxona ochilgan kuni O‘zbekiston va Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoyning 20 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют