» » Andijonda urush faxriylariga Prezident sovg‘asi topshirilmoqda

Andijonda urush faxriylariga Prezident sovg‘asi topshirilmoqda


Andijon viloyati hokimligida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga Prezident sovg‘asi — tilla soat hamda 5 million so‘m pul mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda viloyati hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, mudofaa ishlari, madaniyat boshqarmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari, urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Shu kunlarda keng jamoatchilik vakillari urush faxriylarining xonadonlariga borib, ahvolidan xabar olmoqda, ularga yuksak hurmat-e’tibor ko‘rsatmoqda. Andijon viloyatida umrguzaronlik qilayotgan 63 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining hayoti, fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba yo‘lida ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari bugungi avlod uchun ibrat maktabidir.

“Urush dahshatlarini biz ko‘rdik, avlodlarimiz aslo ko‘rmasin, — deydi Qo‘rg‘ontepa tumani Sultonobod mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Odiljon ota Siddiqov. — Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan e’tibordan boshimiz ko‘kka yetmoqda. Bugun bizga Prezidentimiz sovg‘asi, pul mukofotlari berildi. Bundan behad xursandmiz. Yurtimiz yanada gullab-yashnasin, tinchligimizga aslo ko‘z tegmasin”.

Bu kabi tadbir Andijon shahridagi harbiy garnizonda ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov so‘zga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют