» » Navoiy va Zarafshon shaharlariga yangi hokimlar tayinlandi

Navoiy va Zarafshon shaharlariga yangi hokimlar tayinlandi


Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Navoiy shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Umarbek Xalilov Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimini egallagani munosabati bilan uning o‘rniga Muhiddin Bozorov Navoiy shahar hokimi etib tayinlandi.

U 2013-yil avgust oyidan buyon Zarafshon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

2017-yil mart oyidan buyon Navoiy shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Anvar Rajabov Zarafshon shahar hokimi etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют