» » Bag‘doddagi norozilik namoyishlarida yetti kishi halok bo‘ldi

Bag‘doddagi norozilik namoyishlarida yetti kishi halok bo‘ldi


Bag‘dodda mamlakat saylov tizimini isloh qilish va korrupsiyani to‘xtatish talabi bilan davom etayotgan norozilik namoyishlari vaqtida yetti kishi halok bo‘ldi.

“Kommersant”ning yozishicha, bu haqda Iroq huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib France-Presse agentligi ma’lum qilgan.

Namoyish politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan va tartib posbonlari namoyishchilarga nisbatan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo‘lgan.

“Yetti kishi halok bo‘ldi. Ulardan ikki nafari — xavfsizlik kuchlari xodimlari, qolgan besh kishi — namoyishchilardan”, — deya aniqlik kiritdi politsiya polkovnigi.

Al-Arabiya axborotiga ko‘ra, jabrlanuvchilarning soni 300 dan oshib ketgan.

Xabar berishlaricha, namoyishchilarning aksariyati nufuzli shia imomi Muqtada as-Sadrning tarafdorlaridir.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют