» » Legioner.uz. Tojiyev Malayziyada pochin golini urdi, “Bunyodkor”ga gol urolmagan Sardor Rashidov esa Qatarda dublga erishdi

Legioner.uz. Tojiyev Malayziyada pochin golini urdi, “Bunyodkor”ga gol urolmagan Sardor Rashidov esa Qatarda dublga erishdi



Qatar Yulduzlar ligasi

Yulduzlar ligasining 20-turi Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jaish” ishtirokidagi o‘yin bilan yakunlandi.

“Ash-Shahaniya” maydonida tashrif buyurgan “Al-Jaish” 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi har ikki gol o‘zbekistonlik futbolchi hisobiga yozildi. Bu bilan Rashidov “Bunyodkor”ga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi pley-offidagi noaniq penaltisini yuvib ketgandek bo‘ldi.

Shu tariqa futbolchi mavsumdagi gollari sonini 12 taga yetkazib, “Jaish”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan braziliyalik Romarinyo bilan tenglashib oldi. Ligada “Lahviya” a’zosi Al-Arabi 21 ta gol urgan bo‘lsa, “As-Sadd” hujumchisida 16 ta aniq zarba mavjud.

Qayd etish kerak, mazkur turda o‘zbekcha derbi o‘tib, Sanjar Tursunov jamoasi o‘z maydonida Shoahmedov va Abduxoliqov harakat qiladigan jamoani taslim qilgandi.

Qatar Yulduzlar ligasi
20-tur
11-fevral, shanba

Gollar: Sardor Rashidov, 42 (0:1). Sardor Rashidov, 62 (0:2). Fahad Halfan, 69 (1:2).

Farhod Tojiyev Malayziya Super ligasining 4-turiga kelibgina jamoasi uchun birinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi va bu holat “T-Tim”ga g‘alaba keltirib, jamoani turnir jadvalida 4-o‘ringa olib chiqdi. Mazkur bellashuvda Tojiyevdan tashqari Dilshod Sharofutdinov ham ishtirok etdi.

Bir kun muqaddam Malayziya Premyer-ligasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar navbatdagi turlarni o‘tkazgandi.

Malayziya Super ligasi
4-tur
11-fevral, shanba

Gollar: Mamadu Samasa, 5 (0:1). Farhod Tojiyev, 15 (0:2). Vi Yong Jin, 48 (1:2).

Tailand quyi divizonida ishtirok etadigan “Chainat” klubi uchun bugun — 12-fevral kuni yangi mavsum rasman start oladi. Mazkur jamoa safida o‘zbekistonlik Javlon Guseynov to‘p suradi.

Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladigan bellashuvda “Chainat Hornbill” klubi o‘z maydonida “Chiangmai” klubini qabul qiladi. “Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, Guseynov tay klubi safida 21-raqamni tanlagan bo‘lib, katta ehtimol bilan bugun debyut uchrashuvini o‘tkazadi.

Tailand Ikkinchi ligasi
1-tur
12-fevral, yakshanba

“Chainat Hornbill” — “Chiangmai”

Опубликовано: admin (12-02-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют