» » Isroil Madrimov: Qattiq tayyorgarlik ko‘rib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘laman?

Isroil Madrimov: Qattiq tayyorgarlik ko‘rib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘laman?


Joriy yilning 18-avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo o‘yinlari boshlanadi. Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori etib Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi hisoblangan bokschi Isroil Madrimov tayinlangani haqida xabar berilgandi. Bokschining o‘zi esa bunga quyidagicha munosabat bildirdi.

“Bu haqda murabbiyim internet orqali ushbu xabar havolasini yuborganidan so‘ng bildim. Men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Judayam xursandman. Bu men uchun katta sharaf. Albatta, har bir professional sportchi qatorida men ham mamlakatim bayroqdori bo‘lishni orzu qilardim, ammo kutmagandim. Chunki, bizda iste’dodli sportchilar yetarli. O‘zimga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Qattiq tayyorgarlik ko‘rib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘laman”, — dedi Isroil Madrimov.

Ma’lumot uchun 2014-yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida ushbu vazifa dzyudochi Rishod Sobirovga ishonib topshirilgandi.

Mavzuga doir: ?Boks. O‘zbekiston termasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati ma’lum, unda Hasanboy Do‘stmatov ham bor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 124) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют