» » Hyundai Namanganda 3 mingta yuk mashinasi va avtobus ishlab chiqaradi

Hyundai Namanganda 3 mingta yuk mashinasi va avtobus ishlab chiqaradi


Namangan viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan Hyundai zavodining loyiha quvvati 3 ming yuk avtomobili va avtobusidan iborat. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Birinchi bosqichda korxonada kuniga 8-10, yiliga 1000 dona avtomobil ishlab chiqariladi. 3 yil davomida bu ko‘rsatkich 3 mingtaga, ya’ni 2 ming yuk mashinasi va 1000 ta avtobusga yetkaziladi. Boshlanishida ehtiyot qismlar Janubiy Koreyadan keltirilsa, mahalliylashtirish dasturiga muvofiq uch yil ichida bosqichma-bosqich butlovchilarni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Yangi korxona ishga tushirilishi bilan 1000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, kelgusida ularning soni 6 ming kishiga yetadi.

Ma’lumot uchun, Namangandagi mazkur zavodda yuk ko‘tarish hajmi 1 tonnadan 50 tonnagacha bo‘lgan yuk mashinalari, xalqaro, shaharlararo va sayyohlik avtobuslari, shuningdek, maxsus transport vositalari ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют