» » Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vazirini qabul qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan AQSh savdo vaziri Uilbur Rossni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlarining muntazam uchrashuv va muloqotlari, jumladan, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarni yanada yuqori darajaga ko‘tarib, strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi.

AQSh savdo vazirining O‘zbekistonga ilk tashrifi tomonlar erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar doirasida munosabatlarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor va ularning bu boradagi intilishi mushtarak ekanidan dalolat beradi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, o‘zaro savdo hajmini oshirish, AQSh yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari, ilg‘or texnologiyalari va tajribasini jalb etgan holda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bank-moliya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini alohida ta’kidladi.

AQShning jahonga mashhur sanoat xoldinglari, moliya-investitsiya korporatsiyalari va banklari rahbarlari va vakillari ishtirokida o‘tgan O‘zbekistonda AQSh biznesi haftaligi tadbirlarining samarali natijalari chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda savdo, sanoat va yuksak texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, logistika va transport sohalarida aniq loyiha va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda amaliy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston bozorida Amerika kompaniyalarining faoliyatini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratishga, jumladan, qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish xususida fikr almashildi.

Uilbur Ross, shuningdek, AQSh Prezidenti Donald Tramp geosiyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning barcha masalalarida Shavkat Mirziyoyevga yuqori darajada ishonishini ta’kidladi. Donald Tramp O‘zbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют