» » O‘zbekistonda hadisshunoslik bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda hadisshunoslik bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi


Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qaror bilan Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

Maktabda o‘qish muddati 5 yil bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida olib boriladi. Shuningdek, “Hadisshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

2018–2019-o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 10 ta o‘rin etib belgilangan va unga arab tilini puxta o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati bo‘lgan o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari saralab olinadi.

Maktab bitiruvchisi ta’limni o‘z ixtisosligiga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasida davom ettirishi, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Hadis ilmi maktabi Prezidentning 2018-yil 16-apreldagi farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi oliy diniy ta’lim beruvchi nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют