» » Surxondaryolik ayol tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay, o‘z chaqalog‘ini sotishga urindi

Surxondaryolik ayol tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay, o‘z chaqalog‘ini sotishga urindi


Tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay, Surxondaryo viloyati fuqarosi o‘z chaqalog‘ini sotishga urindi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Nargiza ismli ayol (ismlar o‘zgartirilgan) so‘roq chog‘ida o‘z qizini sotishga majbur bo‘lgani, chunki uning otasi qizidan voz kechganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eri o‘g‘il farzand tug‘ilishini istagan, oiladagi to‘rtinchi qiz boladan esa qutulishni so‘ragan.

Nargiza chaqaloqdan “qutulish” yo‘lini tug‘ruqxonadayoq o‘ylab qo‘ydi va bu haqda palatadoshlariga shipshidi. Ayolning uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmadi. Hali tug‘ruqxonadan chiqib ulgurmay, bir ayol uning yoniga kelib, vositachilik qilishga tayyorligini aytdi.

Nargiza o‘z farzandi uchun 5 million so‘m talab qildi, ammo “xaridor”ning vositachi orqali yetkazilgan so‘rovi bilan bir million so‘mga arzonlashtirdi.

Bir necha kundan so‘ng tomonlar “oldi-sotdi” amalga oshishi kerak bo‘lgan kafeda uchrashdi. Vositachi shartlashilgan pulni qoldirib, chaqaloqni olib ketdi, ammo u huquq-tartibot organlari xodimlari bilan birga qaytib keldi.

Gumonlanuvchi darhol o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют