» » Hindistonda maymun yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirdi

Hindistonda maymun yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirdi


Hindiston shimolida maymun onasining qo‘lidagi chaqaloqni o‘g‘irlab ketdi va uni qo‘shni uylardan birining tomida qoldirdi. Bu esa bolaning o‘limiga olib keldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Xabar berilishicha, ayol yangi tug‘ilgan o‘g‘lini ovqatlantirayotgan vaqtda maymun uyga yugurib kirgan va bolani ayolning qo‘lidan olib qochgan.

Maymun bolani ayolning qo‘lidan olib qo‘yganda, bolaning onasi nima bo‘layotganiga tushunmay qolgan. Bolaning otasi maymunning izidan yugurgan, maymun bolani qo‘shni uyning tomida qoldirib ketgan. Ota o‘g‘lining oldiga yetib borganda kech bo‘lgan edi.

Ota-ona o‘g‘lini shifoxonaga olib borgan. U yerda bolaning o‘limi qayd etilgan. Maymun bolaning bosh suyagi va bo‘yniga jiddiy jarohat yetkazgan.

Mahalliy aholining ta’kidlashicha, xuddi shu maymun chaqaloqni o‘g‘irlashdan 15 daqiqa oldin 14 yoshli qizga ham hujum qilgan. Biroq qiz yengil jarohatlar bilan qochib qolishga ulgurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют