» » Xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish va “Ziyo” markazlari tashkil etildi

Xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish va “Ziyo” markazlari tashkil etildi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Malaka oshirish markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi mintaqaviy filiallarida diniy soha xodimlari, shuningdek, sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar xodimlari, ta’lim muassasalarining sohaga oid pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan o‘tishi va malaka oshirishi belgilandi.

Qaror bilan Malaka oshirish markazi hamda “Ziyo” media markazining asosiy vazifalari belgilandi.

Shunga ko‘ra, Markaz diniy soha xodimlarini islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik hamda fiqh va kalom ilmi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.

Markaz direktori va uning mintaqaviy filiallari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ularni lavozimdan ozod etish O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют