» » “UnitedBanks” kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchisi Viktor Valdemarovich Nasochevskiy Mikrokreditbank boshqaruvi raisi maslahatchisi etib tayinlandi

“UnitedBanks” kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchisi Viktor Valdemarovich Nasochevskiy Mikrokreditbank boshqaruvi raisi maslahatchisi etib tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrda tijorat banklari faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan Rossiyalik mutaxassis “UnitedBanks” kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchisi Viktor Valdemarovich Nasochevskiy bilan shartnoma imzolandi.

Ushbu shartnomaga muvofiq:

V.Nasochevskiy “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish,

bank operatsion faoliyatini reinjeniring qilish orqali xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish,

bankning xalqaro hamkorligini takomillashtirish,

bankning amaldagi investitsion siyosatini takomillashtirish hamda kredit portfelini diversifikatsiya qilish yuzasidan taklif,

tavsiya va mulohazalar berish borasida boshqaruv raisi maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Ma’lumot o‘rnida, V.Nasochevskiy 1960-yilda Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk shahrida tug‘ilgan. 1993-yildan buyon bank axborot texnologiyalari va to‘lov tizimi sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, “DIRЕKT 24”, “SMARTI” va “RAPIDA” to‘lov tizimilarining asoschisi hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют