» » Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi


Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova boshchiligidagi delegatsiya bugun, 6-mart kuni O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Tashrif doirasida delegatsiyaning O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, tomonlar birgalikda qo‘shma fakultetlarni tashkil etish, bakalavr, magistr va klinik ordinaturadagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish kabi qator masalalarga ham e’tibor qaratiladi.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, xususiy klinikalar, birlamchi tibbiy yordam muassasalari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga tashrif buyurib, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют