» » Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tashkil etildi

Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tashkil etildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent metropolitenida ichki ishlar boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi negizida vazirlikning Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi, deb yozadi “Gazeta.uz” .

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Bundan tashqari, hujjat bilan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzda joriy etilayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida ham tatbiq etish va bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilandi.

1-aprelda joriy etiladigan tartibga muvofiq:

Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari mamlakatda ishlab chiqarilgan 3 tadan yengil avtomobil, 5 tadan skuter va 5 tadan mototsikl bilan ta’minlanadi.

Transport obyektlarida, shu jumladan “O‘zbekiston temir yo‘llari” va Uzbekistan airports mablag‘lari hisobidan intellektual videokuzatuv tizimi joriy etilib, “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksiga bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimi joriy etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют