» » Ronaldu YChLda het-triklar soni bo‘yicha Messiga yetib oldi

Ronaldu YChLda het-triklar soni bo‘yicha Messiga yetib oldi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining “Atletiko”ga qarshi kechgan javob uchrashuvida het-trikka erishdi (3:0).

Bu 34 yoshli futbolchi uchun karyerasidagi 52, Yevropa Chempionlar Ligasidagi 8 va Turin klubi uchun esa dastlabki het-triki bo‘ldi. Bu haqda Gracenote Live xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkichda u “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga yetib oldi. Argentinalik hisobida ham Yevropaning nufuzli musobaqasida qayd etilgan 8 ta het-trik mavjud.

Bundan tashqari Ronaldu joriy mavsum mazkur musobaqadagi gollari sonini 4 taga yetkazib oldi. So‘nggi o‘yinda u butun guruh bahslaridan ko‘ra ko‘proq gol urdi. Bunga qadar portugaliyalik hujumchi 5 ta bellashuvda 1 ta gol urgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют